
2020 yil 2 oktyabrdan Urganch shahar 1-son politexnikumining maxsus fan oʼqituvchisi, uslubchi lavozimlarida ishlagan va hozirgi kunda katta usta boʼlib ishlab kelmoqda.
I.Pazilova ta'lim tizimidagi koʼp yillik pedagogik ilgʼor ish tajribasi asosida pedagoglar va muhandis-pedagoglarga uslubiy yordam koʼrsatib kelmokda. Ish faoliyati davomida mehnatsevarligi hamda insoniylik xislatlari bilan maktab jamoasida katta obroʼ topgan.
2016 yilda “Tikuvchilik materialshunosligi” fanidan Аmaliy ishlar ishlanmasi oʼquv qoʼllanmasi nashrdan chiqib, respublika oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimiga maxsus darslarda foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Pazilova Inobat ilgʼor pedagogik tajribalarni almashish va tadbiq qilishga kasb-hunar maktabning oʼquv ustaxonalarida amaliy mashgʼulotlar jarayonida mahsulot ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish va mashgulotlarni foydali mehnat bilan bogʼlab oʼtish kabi dolzarb masalalarni hal qilishga intiladi.
I.Pazilovaning taьlim tizimidagi koʼp yillik pedagogik ilgʼor ish tajribasi asosida viloyat mikyosida “Yilning eng yaxshi maxsus fan oʼqituvchisi” deb topilgan.Shuningdek oʼzi ishlab chiqqan “Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi “ fanidan oʼqitish materiallari toʼplami Respublikaga taqdim qilingan.
Ish faoliyati davomida mehnatsevarligi hamda insoniylik xislatlari bilan maktab jamoasida katta obroʼ topgan. Oʼqitishning ilgʼor usullaridan noanʼanaviy oʼqitish uslublarini dars jarayoniga tadbiq qilgan. Oʼz ish faoliyati davomida intizomli, ziyrak va zukko xodim sifatida oʼzini koʼrsatib, doimiy ravishda oʼz malakasini oshirish ustida sabr toqat va qatʼiyat bilan ishlaydi.
Pazilova Inobat doimiy ravishda oʼz malakasini,siyosiy,iqtisodiy va ilmiy –nazariy saviyasini oshirish ustida qatʼiyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. Ishlab chikarish taьlimi ustalari bilan birgalikda “Eng yaxshi taqdimotchi” koʼrik tanlovini yukori saviyada utishiga xissasini qoʼshgan va Xorazm televideniyasida yoritilgan.
Berilgan topshiriqlarni oʼz vaktida bajarib 2021-2022 oʼquv yili davomida kasb-xunar maktabimizda tadbir va seminarlarni yukori saviyada tashkil etib, oʼzining munosib xissasini qoʼshgani uchun maktab jamoasi nomidan TАShАKKURNOMА berilgan.
Fidoiy pedagog va tashabbuskor inson sifatida taʼlim jamoatchiligi oʼrtasida munosib oʼrin qozongan fidoyi ustoz.U doim oʼzining faol fuqorolik pozitsiyani , shahsiy maʼsuliyatini va mehnatsevarligini namoyon qilgan hamda oʼziga yuklatilgan vazifalarni oʼz vaqtida sifatli bajarib kelmoqda.
Pazilova Inobat maktab oʼquvchilarining xamkorlik, ishlab – chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini oʼtash uchun korxonalar bilan shartnomalarini tuzishda, bitiruvchilarni oʼz mutaxassisligi boʼyicha ishga joylashtirish ishlarida pedagoglar va muhandis-pedagoglarga oʼz tajribasidan amaliy yordam berib, faollik koʼrsatib kelmoqda.
I.Pazilova Uzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 24 sentyabrdagi 352-sonli buyrugiga asosan «Urta maxsus va professional ta'lim aʼlochisi» kukrak nishoni bilan takdirlangan.
Texnikumdagi tajribali va mohir pedagog sifatida yoshlarga kasb-hunar oʼrgatish, mamlakatimiz yengil sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash, ularning intellektual salohiyatini hamda maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.