Xorazm viloyati, Urganch sh. Sheroziy ko'chasi, 23-uy

  • Kollej faxri
  • 11-03-2025, 09:10

Urganch shahar 1-son politexnikum

M.Xudayberganova 1970-yil 11-sentyabrda  Xorazm viloyati, Urganch tumanida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy , yoshi 55 da, 1992-yil Xorazm davlat pedagogika institutini (kunduzgi), matematika infarmatika va hisoblash texnikasi mutaxassisligi bo'yicha tugatgan. Rus tilini biladi.
Umumiy ish staji 33-yil, pedagogik ish staji 33-yil. 
2020-yil  02-oktyabrdan  Urganch shahar 1-son politexnikumida ishlab chiqarish ta’lim ustasi va maxsus fan o'qituvchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.
M.Xudayberganova ta’lim tizimidagi ko'p yillik pedagogik ilg'or ish tajribasi asosida pedagoglar va muhandis-pedagoglarga uslubiy yordam ko'rsatib kelmoqda. Ish faoliyati davomida mehnatsevarligi hamda insoniylik xislatlari bilan maktab jamoasida katta obro' topgan. O'qitishning ilg'or usullaridan noan'anaviy o'qitish uslublarini dars jarayoniga tadbiq qilgan. Xudayberganova Muxayyo  izlanuvchan va tashabbuskor pedagog sifatida samarali mehnat qilib, kompyuter texnologiyalari  sohasi uchun yuqori kasb mahoratiga ega mutaxassis kadrlarni tayyorlashga hamda yoshlarni  bilimli, zukko va o'z kasbining mohir ustalari bo'lib yetishishlariga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. 
M.Xudayberganova O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabridagi “Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5812-son Farmoyishi  asosida yangi professional ta'lim tizimida ta'lim tarbiya-jarayoni tashkil etishda, ta'lim standartlarida belgilangan namunaviy o'quv reja va dasturlar asosida ishchi o'quv reja va dasturlarni ishlab chiqishda “Kompyuter texnologiyalari va infarmatika” -520 000 ta’lim sohasining 3-daraja, 4-daraja va 5-daraja professional ta'limning kasb va mutaxassisliklari ta'lim standartlari,malaka talablari, o'quv rejalari, fan dasturlari hamda boshqa o'quv-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok qilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan  № 000475  raqamli Sertifikat bilan taqdirlangan.
Xudayberganova Muxayyo  2022-yil yanvar oylarida bo'lib o'tgan O'zbekistonda milliy tadqiqotlar: Davriy anjumanida  “ Zamonaviy ta'lim tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning muhim jihatlari” tezisi bilan qatnashib http://doi.org/10.26739/online 36 raqamli Sertifikat va 2022-yil Xalqaro ilmiy – ta’lim markazining elektron “Obrazovanie i nauka v XXI veke” jurnalida“ zamonaviy ta'lim tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning muhim jihatlari” mavzusi bo'yicha maqolasi chop etilganligi uchun Xalqaro ilmiy – ta’lim markazi  tomonidan http://mpcareer.ru № A11-2022117-48-raqamli Sertifikat, Tashakkurnoma va ma'lumotnomalar bilan taqdirlangan. M.Xudayberganovaning o'z ustida ishlab Respublika va Xalqaro miqyosida  maqolalar yozib chiqarishdagi hissasi hamda “Ilm fan sohasidagi hizmatlari uchun” MDH  miqyosida tashkil etilgan Xalqaro Ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida taqdim etilgan ilmiy ishi ma'qullanganligi sababli, 2022-yil aprel oyida “Ilm fan sohasidagi xizmatlari uchun”  Estalik ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
1-oktyabr – O'qituvchi va Murabbiylar kuni munosabati bilan 2022-yilning          28-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti Farmoniga  binoan Davlat mukofoti “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
         O'zbekiston Respublikasi  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligi tizimida 2023-2024-o'quv yilida ta'lim tarbiya-jarayonini tashkil etishda, ta'lim standartlarida belgilangan namunaviy o'quv reja va dasturlar asosida ishchi o'quv reja va dasturlarni ishlab chiqishda professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishi 610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) kasb va mutaxassisliklari ta'lim standartlari, malaka talablari, o'quv rejalari, fan dasturlari hamda boshqa o'quv-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etganligi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch sh. Sheroziy ko'chasi, 23-uy
  • +998 (62) 228-11-56
  • info@urganch1-khm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Makatab manzili